"Manchester Siti" Kataloniya klubidan futbolchi sotib oldi
Kataloniyaning "Jirona" klubi xavbeki Pedro Porro "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 19 yoshli ispaniyalik futbolchi “shaharliklar” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Uning transferi esa 12 mln evroga tushgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Porro o‘tgan mavsum 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” va “Jirona” klublarining xo‘jayini bitta hisoblanadi.
Fikrlar