
“Manchester Siti” Kayl Uokerga o‘rinbosar topdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi Kayl Uoker o‘rniga “Nottingem Forest” futbolchisi Ola Aynani olib kelishi mumkin.
Xabaringiz bor, “shaxarliklar” hozirgi kunda inqirozni boshdan kechirmoqda. Shu sababli, klub rahbarlari qishki transferlar oynasida yangi futbolchilarni xarid qilishni ko‘zlab qo‘ygan. Birinchilardan bo‘lib esa yarim himoyani kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Mazkur pozitsiya uchun Musiala, Virts, Subimendi va Dani Olmo eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda.
"The Sun" nashrining xabar berishicha, 34 yoshli Uoker o‘rniga “Nottingem”ning nigeriyalik himoyachisi Aynani ham sotib olishni maqsad qilib qo‘ygan. Bunga angliyalik himoyachining so‘nggi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalari sabab deb keltirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli himoyachi bu mavsum 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar