"Manchester Siti" Londonda 4 ta gol urib, "Arsenal"ni liga kubogidan chiqarib yubordi (video)

  • 23 dekabr, 2020, 09:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya liga kubogining chorak finalida “Manchester Siti” safarda “Arsenal” mehmoni bo‘ldi.

Londonda kechgan o‘yin 1:4 hisobida “shaharliklar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. “Siti” safida gollarni Gabriel Jezus (3'), Riyad Mahrez (55'), Fil Foden (59') va Emerik Lyaport (73') kiritdi. “Kanonirlar”ning yagona javob goliga Aleksandr Lyakazett (32') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!