“Manchester Siti” Mareskaga transferlar uchun katta mablag‘ ajratadi
Enzo Mareska “Manchester Siti” bosh murabbiyi lavozimida ustozi Xosep Gvardiolani alishtirishi kutilmoqda.
Gvardiola agar kutilmagan hech narsa yuz bermasa, mavsum yakunlangandan keyin o‘z lavozimini tark etadi va uning vorisi sifatida avvalgi yordamchisi Mareska tanlangan. Italyalik mutaxassis bilan dastlabki kelishuvga erishilgan.
The Sun nashriga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati Enzo Mareskaga yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar uchun taxminan 200 million funt sterling, ya’ni 230 million evrodan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor.
Klubning asosiy transfer nishonlari qatoriga Elliot Anderson (“Nottingem Forest”), Maykl Kayode (“Brentford”) va Eli Junior Krupi (“Bornmut”) kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Enzo Mareska 2026 yil yanvar oyida “Chelsi”dan ishdan bo‘shatilgan edi. U klubda 2024 yil yozidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.

Fikrlar