"Manchester Siti" markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 16.09.2025 14:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 "Manchester Siti" himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida "Kristal Pelas" futbolchisi Mark Guehini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “shaharliklar” kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Liverpul” bilan kurashishga tayyor. Klubdagilar himoyachining o‘yinini yuqori baholashmoqda va uni jamoaga mos deb hisoblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchining “Kristal Pelas” bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Uning “Transfermarkt”dagi narxi 45 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!