"Manchester Siti" Messining o‘rinbosarini xarid qilmoqchi

  • 11 sentabr, 2021, 14:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Barselona" hujumchisi Ansu Fatini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "El Nacional" xabar tarqatdi. Futbolchining agenti Jorje Mendesh mijozini Angliya klubiga taklif qilgan. 

Tecno

Manbaning yozishicha, Mendesh boshqa jamoalar bilan ham aloqaga chiqqan, biroq ularning nomi oshkor qilinmadi. "Transfermarkt" portali 18 yoshli Fatini 60 million evroga baholamoqda. 

Ispaniyalik Ansuning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga etadi, ammo kataloniyaliklar kelishuvni ikki yilga uzaytirish huquqiga ega. 

Eslatib o‘tamiz, Messi "Barselona"da ketgach, uning raqam aynan Fatiga topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!