
"Manchester Siti" muxlislari uchun ajoyib xushxabar!
“Manchester Siti” forvardi Raxim Sterling Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi o‘yingacha sog‘ayadi.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra Sterling yaqinlashib kelayotgan “Vest Xem”ga qarshi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. Uning 22 fevral kuni “Lester”ga qarshi bo‘ladigan muhim bellashuvda ham maydonga tushishi so‘roq ostida.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Manchester Siti” uchrashuvi 26 fevral kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar