“Manchester Siti” nega o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmadi?

  • 09.08.2025 18:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining navbatdagi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Manchester Siti” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin faqatgina Italiyaning “Palermo” jamoasi bilan bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga qaror qildi.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yoz bo‘yi nega o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdan bosh tortganini izohlab berdi.

- Jamoamizda kayfiyat yaxshiyu Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davomida ham xuddi shunday edi.

Biz Angliya Premer-ligasining “Vulverxempton”, “Tottenxem” va “Brayton”ga qarshi o‘tkaziladigan dastlabki uchta rasmiy uchrashuviga puxtaroq tayyorlanish uchun o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘ynamaslikka qaror qildik.

Futbolchtlar hordiq chiqarishi talab etilardi, shu bois, biz o‘yinlardan ko‘ra, mashg‘ulotlarga e’tibor qaratishni ma’qul topdik, - dedi Xosep Gvardiola.

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi birinchi uchrashuvini 16 avgust kuni safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!