"Manchester Siti" o‘z yulduzini tekinga qo‘yib yuboradi. Uni "Barsa"da kutishmoqda

  • 30 mart, 2021, 15:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti"da uzoq yillik faoliyati bilan butun dunyoda katta shuhrat qozongan Serxio Aguero mavsum so‘ngida jamoani tark etishini ma’lum qildi.

32 yoshli hujumchi Manchesterga 2011 yilda "Atletiko"dan kelib qo‘shilgan va klub safida 384 o‘yin o‘tkazgan. Ortda qolgan vaqt mobaynida u o‘z hisobiga 257 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, 73 bor raqiblari goliga hammualliflik qilgan.

Xabarlarga qaraganda, "Etixat" stadioni yaqinida argentinalik hujumchining byusti o‘rnatiladi. Xuddi shunday ish Vensan Kompani hamda David silva bilan ham qilingan edi.

"Transfermarkt" portali Agueroni 25 mln evroga baholamoqda. Uning uchun eng katta da’vagar sifatida "Barselona" ko‘rilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!