"Manchester Siti" prezidenti Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" prezidenti Xaldun Al Muborak qishda "Lans"dan xarid qilingan o‘zbekistonlik yosh himoyachi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Yana bir ajoyib yosh himoyachi. Biz uni yozda sotib olishimiz mumkin edi, ammo Husanovni ertaroq olib kelishga qaror qildik. O‘sha paytda himoyada ko‘plab futbolchilarimiz jarohat olgan edi. Abduqodir markaziy himoya chizig‘i uchun juda iqtidorli va yana bir necha pozitsiyalarda ham harakat qila oladigan futbolchi” - dedi klub rahbari.
Ma’lumot uchun, ayni paytda himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida BAAga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.



Fikrlar