"Manchester Siti" Qatardagi jahon chempionati kashfiyotlaridan birini sotib olmoqchi

  • 5 mart, 2023, 20:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida Yoshko Gvardiolni sotib olmoqchi.

Tecno

"Leypsig"ning 21 yoshli himoyachisi yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatmoqda va unga xaridor top-klublar qatori allaqachon saf tortgan.

"Shaharliklar" Gvardiol uchun kurashda g‘alaba qozonishga umid qilmoqda. Shu bilan birga, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola xorvatiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun Emerik Lyaportni ham qurbon qilishga tayyor. Bu haqda "Goal" nashri xabar bermoqda.

Nufuzli "Transfermarkt" portali Yoshkoni 75 million evroga baholagan. Shu bilan birga, nemis grandi futbolchi uchun ko‘proq pul talab qilishi aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!