"Manchester Siti" Ronalduni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 26 avgust, 2021, 14:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini boshqa klub safida davom ettirishi mumkinligi kun mavzusiga aylandi. Unga asosiy da’vogar "Manchester Siti" bo‘lib turibdi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "shaharliklar" 36 yoshli futbolchi transferiga Gabriel Jezusni ham qo‘shmoqchi. Bu orqali klub portugaliyalikni tekinga qo‘lga kiritishni niyat qilgan.

O‘z navbatida, turinliklar o‘z yulduzini 30 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Uning "keksa senora" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyun sanasiga qadar mo‘ljallangan. Ronalduning agenti Jorje Mendesh ayni paytda Turin shahrida bo‘lib turibdi.

Avvalroq, Krishtianuga PSJ klubidan ham taklif borligi haqida xabarlar tarqalgandi. U o‘tgan mavsum "Yuventus" safida 44 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 36 gol va 4 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!