
"Manchester Siti" safarda "Manchester Yunayted"ni engdi va finalga chiqdi (video)
Angliya liga kubogining ikkinchi yarim final bahsida Manchester shahrining ikki jamoasi – “Siti” va “Yunayted” to‘qnash keldi.
“Old Trafford”da kechgan Manchester derbisida 0:2 hisobida “shaharliklar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Siti”ga g‘alaba keltirgan gollarga Jon Stounz (50') va Fernandino (83') mualliflik qildi. Shu tariqa “Manchester Siti” finalda “Tottenxem”ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar