"Manchester Siti" Silvaga yangi shartnoma taklif qildi

  • 8 avgust, 2023, 06:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" Bernardu Silvani qo‘yib yubormoqchi emas. "Shaharliklar" unga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda. 

28 yoshli yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun "Barselona" jiddiy harakat qilmoqda. Ispaniyaliklar uni sotib olish sharti bila ijaraga olmoqchi. Ammo Angliya klubi rasmiy xat yo‘llab, Silva sotilmasligini ma’lum qilgan. Ingliz nashrlari ham futbolchini klubida qolish ehtimoli yuqoriligi borasida mish-mishlar tarqatmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Bernarduning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!