
“Manchester Siti”: Uni “Real”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaymiz!
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa etakchilaridan hisoblangan Rodri Ernandesni “Real”ga o‘tib ketishiga qarshi jiddiy choralarni ishga soladigan bo‘ldi.
“Shaharliklar” ispan futbolchisi atrofida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, uni jamoada saqlab qolishni kafolatlaydigan aniq chora-tadbirlar tizimini ishga tushiradi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Rodriga 2030 yilgacha davom etadigan yangi bitim beriladi va unga ko‘ra, “Oltin to‘p” sohibining daromadi ikki baravar oshiriladi. Ayni paytda Rodri Ernandes klubdan yiligi 11 million evro maosh olyapti. Bu jamoada Erling Xoland olayotgan maoshdan keyingi ikkinchi ko‘rsatkich.
Xosep Gvardiola Rodrini nafaqat hozir, balki yaqin kelajakda ham jamoaning asosiy figuralaridan bo‘lishini ta’minlashga tayyor. Ana shunday munosabat orqali “shaharliklar” Madrid superklubining Rodrini olishga bo‘layotgan harakatlarini chegaralab qo‘ymoqchi.
Fikrlar