
"Manchester Siti" Uokerni "Bavariya"ga berib qo‘ymoqchi emas
"Manchester Siti" "Bavariya" da’vogarlik qilayotgan qanot himoyachisi Kayl Uoker bilan xayrlashmoqchi emas. Ingliz grandining xo‘jayinlari angliyalik iqtidor egasi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi, bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Ammo bu borada yakuniy qarorni Uokerning o‘zi hal qiladi. Kayl tez orada u o‘z tanlovini e’lon qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. O‘tgan mavsumda himoyachi “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda qatnashib, gol ura olmagan.
Fikrlar