
"Manchester Siti" yozda "Atletiko" etakchisini sotib olmoqchi
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges yozgi transfer vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin, deb xabar berdi ESPN nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "shaharliklar" Saul borasida rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Bu transferga "Manchester Siti" 80 million evro sarflashga tayyor turibdi. Xosep Gvardiola Saulni jamoaning 33 yoshli yarim himoyachisi Fernandinoga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Avvalroq "Barselona" ham Saul Nigesga qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar