
"Manchester Siti" yulduz futbolchi uchun 150 million sarflashga tayyor
"Manchester Siti" tarkibni kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Germaniyaning "Bild" nashriga ko‘ra, “shaharliklar” “Bayer” klubining hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts uchun 150 million evro to‘lashga tayyor.
Angliya klubi futbolchining o‘ziga esa bir mavsum uchun 25 million evro miqdorida maosh taklif qilmoqda. Xosep Gvardiola Virtsni “Manchester Siti”ning o‘yin tizimida Kevin De Bryuynening o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, Virtsda boshqa variantlar ham mavjudligi ta’kidlangan. Manbaning yozishicha, 21 yoshli yarim himoyachining otasi o‘g‘li "Bavariya"ga o‘tishini xohlaydi.
2024/2025-yilgi mavsumda Florian Virts 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar