"Manchester Siti" yulduzi ketadigan bo'ldi

  • 24.08.2026 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nyukasl» klubi «Mançester Siti» yarim himoyachisi Niko Gonsales transferi bo‘yicha muzokaralarda jiddiy siljishga erishgani xabar qilinmoqda.

Futbol olamida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano ma’lumoticha, ikki jamoa o‘rtasidagi kelishuv deyarli yakuniga yetgan. «Qarg‘alar» esa shartnoma bo‘yicha barcha masalalarni joriy haftaning boshidayoq hal etishni ko‘zlamoqda.

24 yoshli tayanch yarim himoyachining bozor qiymati taxminan 40 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Mançester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Niko Gonsales 2026/2027 yildagi mavsum boshidayoq «Arsenal»ga qarshi Angliya Superkubogi uchrashuvida maydonga tushishga ulgurgan. U o‘yinda gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi, jamoasi esa 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!