“Manchester Siti”dan Gvardiola tufayli ketdim!

  • 7 iyul, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus bir yil muqaddam “Manchester Siti”dan “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgandi.

Iste’dodli to‘purar chempion jamoadan ketishiga bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan uning o‘rtasida 2021 yilning kuzida Chempionlar ligasi doirasida PSJga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi voqea sabab bo‘lganini aytib berdi.

- PSJ bilan o‘yinda Gvardiola Zinchenkoni hujumga yaqin pozitsiyaga qo‘ydi. Ahmoqlik. O‘yindan oldingi mashg‘ulotlarda bosh murabbiy Zinchenkoni hatto o‘sha pozitsiyada o‘ynatib ham ko‘rmagan edi.

Tarkib e’lon qilinganidan keyin ovqatlanmadim ham. Onamga qo‘ng‘iroq qilib, ketishni istayotganimni aytdim.  

Gvardiola chap qanot hujumchisini mening o‘rnimga qo‘ygani uchun aqldan ozay dedim. Aynan o‘sha payt ketishim kerakligi tushunib etdim. Gvardiola bilan ishlash oson emas, - dedi Gabriel Jezus.

 O‘sha uchrashuvda Jezus Zinchenkoning o‘rniga zaxiradan maydonga tushirildi. Braziliyalik blduz bitta golli pas va gol bilan jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!