
"Manchester Siti"dan navbatdagi g‘alaba. Xolanddan dubl, De Bryuynedan chiroyli gol (Videosharh)
APL 13-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Brayton" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Shaharliklar" safida Erling Xoland dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Kevin De Bryuyne ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "Chaykalar" tarkibida Leandro Trossard "Siti" darvozasini ishg‘ol qildi.
Gvardiola shogirdlari ochkolari sonini 26 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar