
"Manchester Siti"ga 2 metrlik hujumchi kelyapti
"Manchester Siti" skautlari shanba kuni Angliyaning 5-divizionida ishtirok etuvchi "Solixall Murs"da o‘ynayotgan hujumchi Kayl Xadlinni kuzatdi.
The Athletic ma’lumotlariga ko‘ra, Xadlin Buyuk Britaniyadagi eng baland bo‘yli professional futbolchi hisoblanadi. Uning balandligi 2 metr 6 santimetr.
"Manchester Siti" uchun yangi mavsumni mag‘lubiyatlar bilan boshlandi. Xosep Gvardiola shogirdlari dastlab Angliya superkubogida "Lester"ga, keyin esa premer-liganing ilk turida "Tottenxem"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ikkala o‘yinda ham "shaharliklar" raqiblariga 0:1 hisobida yutqazdi.
"Manchester Siti" navbatdagi uchrashuvini 21 avgust o‘z maydonida "Norvich"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar