
“Manchester Siti”ga bu o‘yinchi ma’qul kelmadi
“Manchester Siti” mutasaddilari “Nottingem Forest” yarim himoyayaichi Morgan Gibbs-Uaytni transfer nishonlari ro‘yxatidan chiqardi.
“Shaharliklar” bu o‘yinchiga anchadan beri qiziqish bildirib kelayotgan edi. Xosep Gvardiola Morganni Kevin de Bryuyne o‘rnida o‘ynatishni rejalashtirib qo‘ygandi.
Mavsum davomida manchesterliklar Jek Grilishni 25 yoshli Gibbs-Uaytga almashtirish variantini ham o‘rganib chiqdi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Nottingem Forest” o‘z etakchisini 100 million funtga baholayotgani “Manchester Siti” rahbariyatiga ma’qul kelmagan. Klub avvalgi yillardan farqli o‘laroq, mablag‘ni ehtiyot qilib, sarflash yo‘lini tutmoqda.
Shu bois, pleymeyer pozitsiyaga “Bayer” 150 million evroga baholagan Florian Virtsni olib kelish g‘oyasidan ham voz kechildi.
“Shaharliklar” Kevin de Bryuynega o‘rinbosar sifatida “Lion” vakili Rayan Sherkini tanladi. Bu transfer angliyaliklarga 35 million evroga tushadi.
Fikrlar