“Manchester Siti”ni futbolchi sotib olish borasida cheklab qo‘yishdi
Angliya Premer ligasi “Manchester Siti”ga nisbatan ayrim cheklovlarni amaliyotga tatboq etdi. Gap shundaki, yuqorida nomi tilga olingan tashkilot “shaharliklar”ni voyaga etmagan futbolchilar bilan shartnoma tuzishda qoidabuzarliklar qilganlikda ayblamoqda.
APL “Manchester Siti”ni ikki yilga 18 yoshga to‘lmagan futbolchilarni sotib olishni ta`qiqladi. Bundan tashqari, “shaharliklar” BBC Sport xabariga ko‘ra, 300 ming funt miqdorida jarimaga ham tortishgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshida “Liverpul” ham xuddi shunday sanktsiyaga uchragan edi.

Fikrlar