"Manchester Siti"ning 4 ta futbolchisi bir sovrin uchun da’vogarlik qilmoqda

  • 2 iyun, 2021, 20:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) o‘z talqiniga ko‘ra, premer-liganing yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha maxsus so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

E’tiborlisi, ko‘rsatilgan 6 ta nomzodning 4 tasi “Manchester Siti” futbolchisi bo‘ldi. Aniqrog‘i, Kevin de Bryuyne, Ilkay Gyundogan, Ruben Diash, Fil Foden (barchasi - "Manchester Siti"), Xarri Keyn ("Tottenxem") va Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted") eng yaxshi nomini qo‘lga kiritish uchun da’vogarlik qilmoqda.

Ushbu so‘rovnomada faqatgina APL klublari sardorlari ovoz beradi.

Srazu chetyre predstavitelya "Manchester Siti" pretenduyut na priz igroku goda APL po versii futbolistov

O‘tgan mavsum ushbu sovrin Kevin De Bryuynega nasib etgan edi. Agar bu safar ham so‘rovnomada belgiyalik futbolchi g‘alaba qozonsa, ushbu nomga 2 marta sazovor bo‘lgan Mark Xyuz, Alan Shirer, Terri Anri, Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl bilan tenglashib olishi mumki.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!