"Manchester Siti"ning qishdagi asosiy maqsadi ma’lum

  • 6 dekabr, 2024, 10:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi manchesterliklarning yanvar oyidagi asosiy maqsadi bo‘ladi. "Shaharliklar"dan tashqari Xvichaga "Barselona", "Liverpul" va "Real" qiziqish bildirmoqda. 

Joriy mavsumda gruziyalik futbolchi barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Kvaratsxeliyaning neapolliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxi 80 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!