"Manchester Siti"ning uzluksiz g‘alabalari soni 18 taga etdi
"Manchester Siti" jamoasi APL 20-turi doirasida safarda "Nyukasl" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdagi yagona golga 31-daqiqada Raxim Sterling mualliflik qildi. "Shaharliklar" mazkur muvaffaqiyatdan keyin APLda qatorasiga 18-g‘alabasini rasmiylashtirdi. Angliya chempionati doirasida hali hech qaysi jamoa bu natijaga yaqin ham kelmagan.
Qayd etish kerakki, joriy mavsumda Angliya chempionatida "Manchester Siti"dan faqatgina "Everton" ochko ola bilgan. 2-turda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

Fikrlar