
“Manchester Yunayted” Angliyaning eng zo‘r to‘purarini olib keladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozda amalga oshiriladigan transferlar bo‘yicha reja tuzib chiqdi. Klub xo‘jayinlari asosiy nishon sifatida Angliya terma jamoasining bugungi kundagi eng zo‘r to‘purari Harri Keynni belgiladi.
29 yoshli hujumchi “Tottenxem” bilan yangi bitim tuzishdan bosh tortdi. “Shporlar” yozda uni qimmatroq narxga sotib yubormasa, bir yildan keyin Keyn erkin agent sifatida boshqa klubga bepul o‘tib ketadi.
Relevo nashrining xabar berishicha, manchesterliklar tajribali to‘purar uchun xarajat qilishga tayyor.
Harri Keynning o‘zi Angliya Premer-ligasidan chetga chiqmoqchi emas. U musobaqa tarizida eng ko‘p gol urgan Alan Shirerning rekordini yangilashga qaror qilgan.
Fikrlar