“Manchester Yunayted” Antonini tarixga muhrladi

  • 31 avgust, 2022, 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning yangi hujumchisi Antoni jahon futbolidagi eng qimmat braziliyalik futbolchilar uchligidan joy oldi.

22 yoshli futbolchi uchun manchesterliklar “Ayaks”ga 100 million evro to‘laydi. Shu summadan 95 million evroning to‘lanishini kafolatlangan. Qolgan besh million evro bonus sifatida beriladi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Antonidan faqat ikki hamyurti – Neymar va Filippe Koutino qimmatroq narxga transfer qilingan.

PSJ Neymar uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan va bu ko‘rsatkich jahon rekordi hisoblanadi. O‘z navbatida, Kataloniya klubi Koutino uchun “Liverpul”ga 135 million evro bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!