
"Manchester Yunayted" APL tomonidan mukofotni qo‘lga kiritdi
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi mavsumini turnir jadvalida atigi 15-o‘rinda yakunladi, biroq shunga qaramay, bir mukofotni qo‘lga kiritdi. APL rasmiy saytida xabar berilishicha, "qizil iblislar" mavsumning eng yorqin kambeklari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berishda g‘olib bo‘lishdi.
2024 yil dekabr oyida "Manchester Yunayted" safarda bo‘lib o‘tgan derbida "Manchester Siti"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. "Shaharliklar" 88-daqiqagacha 0:1 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq shundan so‘ng Bruno Fernandesh va Amad Diallo tomonidan urilgan gollar bilan g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.
Keyingi mavsumda "Manchester Yunayted" Evrokuboklarda ishtirok etmaydi. Ruben Amorim boshchiligidagi jamoa bor e’tiborini Angliya Premer-ligasi qaratadi.
Fikrlar