
"Manchester Yunayted" "Atalanta" hujumchisi bilan kelishuvga erishdi!
"Manchester Yunayted" klubi "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylund bilan kelishuvga erishdi. Hujumchi APLda to‘p tepishga qarshi emas. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoa endi Italiya klubi bilan transfer summasini kelishib olishi kerak bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, bergamoliklar Xoylund uchun kamida 70 million evro so‘ramoqda.
"Qizil iblislar" esa transferga ma’lum miqdordagi summa hamda Fred va Donni Van De Bekni qo‘shishni reja qilgandi. Biroq "Atalanta" rahbariyati bu taklifga rad javobini berdi. Tez orada "Manchester Yunayted" yana bir taklifni yuborishi kutilmoqda.
Fikrlar