
"Manchester Yunayted" "Barselona" hujumchisiga 60 million evro taklif qilmoqchi
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida. Mankunianliklar yozgi transfer oynasida 20 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olmoqchi.
"Todofichajes" nashrining xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati futbolchi uchun kataloniyaliklarga 60 million evro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Fati 20 uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar