"Manchester Yunayted" "Bayer" bilan muzokara o‘tkazishdan voz kechdi

  • 14 yanvar, 2020, 19:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Kay Xavertsga qiziqiyotgani haqida xabar berib o‘tgan edik.

Ammo MYu futbolchi transferidan voz kechdi, deya xabar bermoqda Athletic nashri. Bunga nemis klubi Xaverts uchun 100 million evro talab qilgani sabab bo‘lgan. "Qizil iblislar" rahbariyati klub bilan muzokaralar o‘tkazishdan ham voz kechgan.

Endi "Manchester Yunayted" "Tottenxem" xavbeki Garri Uinks va "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish transferi bilan shug‘ullanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!