"Manchester Yunayted" bilan yaqinda shartnomasini uzaytirgan futbolchiga ikki APL klubi qiziqib qoldi

  • 21 yanvar, 2024, 12:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” o‘ng qanot himoyachisi Aaron Uan-Bissaka jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Unga APLning boshqa klublari qiziqish bildirmoqda.

Yanvar oyi boshida “qizil iblislar” 26 yoshli futbolchining shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi. Shunga qaramay, mankunianliklar agar futbolchi uchun yaxshi taklif tushsa, uni sotishga tayyor.

"Manchester Evening News" nashri xabariga ko‘ra, Uan-Bisakaga "Vest Xem" va "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda, ikkala klub ham qanot hujumchisini yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

Angliyalik futbolchi joriy mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!