"Manchester Yunayted" Bruno Fernandeshga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 6 dekabr, 2020, 10:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Brunu Ferandesh yaqin vaqtlar ichida "Manchester Yunayted"dan yangi shartnoma qabul qilib olishi mumkin.

Tecno

2020 yil yanvarida" qizil iblislar" safini to‘ldirgan portugaliyalik yarim himoyachi jamoaning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylandi. U APLdagi debyutidan so‘ng, chempionatdagi eng sermahsul futbolchi bo‘lib turibdi.

Mankunianlar 26 yoshli futbolchini boshqa grand klublar qiziqishidan asrash uchun unga yangi kelishuv hozirlab qo‘ymoqchi. Brununing maoshi ikki karra oshishi kutilmoqda. Ayni vaqtda futbolchi MYuda yiliga 6 million evro maosh oladi.

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yil yozida yakuniga etadi va MYuda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bor.

"Man Yunayted" ga "Sporting"dan 55 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan portugaliyalik joriy mavsumda Premer-liga bahslarida 10 ta o‘yinda 7 ta gol va 4 assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!