"Manchester Yunayted" "Byornli" darvozabonini o‘z safida ko‘rmoqchi

  • 14 mart, 2021, 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Byornli" darvozaboni Nik Poupning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mankunianlar 28 yoshli posbonni yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Poup uchun MYudan tashqari "Tottenxem" va "Chelsi" ham kurashmoqda. O‘z navbatida, "Byornli" ham yaxshi mablag‘ evaziga darvozabonini sotishga tayyor.

Nik Poup joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!