"Manchester Yunayted" Chempionshipda to‘p surayotgan himoyachiga qiziqib qoldi

  • 25.03.2019 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun kamchiqim variantni topdi.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” bu borada “Norvich” klubi himoyachisi Ben Godfriga qiziqib qolishdi. Ta’kidlash kerakki, 21 yoshli angliyalik futbolchining taxminiy transfer bahosi 10 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Godfri joriy mavsum “Norvich” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!