"Manchester Yunayted" darvozaboni "Everton"ga o‘tishi mumkin

  • 26 sentabr, 2020, 13:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" klubi "Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romeroni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “irischilar” rahbariyati tarkibda jamoaning asosiy darvozaboni Jordan Pikfordga munosib raqobatchi bo‘lishini xohlamoqda va bu borada aynan Argentina terma jamoasi posboni asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.

33 yoshli Romero ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Serxio o‘tgan mavsum MYu safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 5 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transferi 2,8 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!