"Manchester Yunayted" Donnarummani olishga jiddiy qaramoqda

  • 30.07.2025 22:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" joriy yozdagi asosiy transfer vazifalaridan biri sifatida yangi darvozabonni olishni ko‘zlamoqda. Sababi — Andre Onana o‘tgan mavsumda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi va hozirda jarohat bilan olishyapti.

Tecno

"The Telegraph" nashrining yozishicha, "qizil iblislar" PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma bo‘yicha so‘rov yuborishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, manchesterliklar italiyalik posbon bo‘yicha Frantsiya grandi bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.

Gianluigi Donnarumma of Paris Saint-Germain reacts during the FIFA Club World Cup 2025 Final match between Chelsea FC and Paris Saint-Germain at...

PSJ klubi 26 yoshli Donnarummani allaqachon bu yozda sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Chunki futbolchi bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar og‘ir kechyapti va kelasi yili uni erkin agent sifatida yo‘qotish xavfi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!