
"Manchester Yunayted" Donnarummani Onanaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda
"Manchester Yunayted" Janluiji Donnarummani jamoani kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda "Caught Offside" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik darvozabon Andre Onanaga o‘rinbosar sifatida mankunianliklar tomonidan taklif etilishi mumkin. Yaqin vaqt ichida "qizil iblislar" va PSJ klublari o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Donnarumma va parijliklar rahbariyati o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar murakkab kechgan — PSJ uning moliyaviy talablarini qondirolmayapti. Italiyalik posbonning amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Donnarumma barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ularning 17 tasida darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar