“Manchester Yunayted” eng zo‘r to‘puraridan voz kechishga tayyor

  • 20 fevral, 2023, 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Markus Reshford jamoani Krishtianu Ronaldu tark etganidan keyin asosiy to‘purar darajasiga ko‘tarildi.

Tecno

Angliyalik futbolchi jahon chempionatidan keyin barcha turnirlarda raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi. Umumiy hisobda esa, mavsum boshidan beri 36 ta uchrashuvda 24 ta to‘p kiritdi.

Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” rahbariyati klub tarbiyalagan hujumchini sotib yuborishga tayyor. Goal.com saytining ma’lum qilishicha, Reshfordni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub 135 million evro to‘lashi talab etiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 25 yoshli hujumchiga “Bavarniya” va PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!