
"Manchester Yunayted" Erik Bayi bilan shartnomani uzaytirdi
"Manchester Yunayted" ivuarlik himoyachi Erik Bayi bilan tuzilgan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida Sky Sports, The Telegraph va ESPN nashrlari xabar bermoqda.
Mankunianliklar 25 yoshli ivuarlik futbolchining shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirish bandini faollashtirdi. Endi ushbu kelishuv 2021/2022 mavsum so‘ngigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Erik Bayi MYu safida jarohat sabab birorta o‘yinda maydonga tushmadi.
Fikrlar