
“Manchester Yunayted” futbolchilari Erik ten Xagga boykot e’lon qildi
Angliya Premer-ligasining 36-turida “Manchester Yunayted” jamoasi “Kristal Pelas” mehmoni bo‘lib, 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Daily Mail nashrining yozishicha, bu mag‘lubiyat Manchester klubining ichki muhitiga salbiy ta’sir qilgan. Manbaga ko‘ra, jamoaning ayrim o‘yinchilari bosh murabbiy Erik ten Xagga boykot e’lon qilib, uning ko‘rsatmalarini ochiqchasiga bajarmayapti.
Niderlandiyalik mutaxassis jamoa ustidan nazoratni boy bergani aytilmoqda. Futbolchilar oldida uning hurmati tushib ketgan.
Shunga qaramay, klub rahbariyati bosh murabbiyni iste’foga chiqarishga shoshilayotgani yo‘q.
Fikrlar