
“Manchester Yunayted” futbolchisi ketishga hozirlik ko‘rmoqda
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Mata mavsum yakunlanishi bilan yurtiga qaytib ketadi.
Ispaniyalik yarim himoyachini “Vilyarreal” bosh murabbiyi Unai Emeri o‘z jamoasiga chorlamoqda. Mata bu mutaxassis qo‘l ostida “Valensiya”da to‘p surgan.
Avvalroq, manchesterliklar joriy mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan pleymeyker bilan hamkorlikni to‘xtatishni ma’qul ko‘rgan edi.
32 yoshli Mata Manchesterga 2013 yili kelgan. Shundan buyon ispaniyalik charm to‘p ustasi premer-ligada 180 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 33 ta gol urdi.
Fikrlar