“Manchester Yunayted” futbolchisi quyi ligaga ketadi

  • 23 avgust, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xannibal Mejbri faoliyatini Angliya Chempionshipida davom ettiradigan bo‘lyapti.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchini “Byornli” o‘z tarkibiga qo‘shib oladi.

Premer-ligaga chiqish uchun kurashadigan bu jamoa manchesterliklar o‘yinchisini keyinchalik to‘liq sotib olish majburiyati bilan bir mavsumga ijaraga olmoqda.

Xannibal o‘tgan mavsumda barcha turnirlar hisobidan 17 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygandi. Uning transfer summasi ekspertlar tomonidan to‘qqiz  million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!