“Manchester Yunayted” futbolchisiga yangi jamoa topildi

  • 11.12.2020 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” himoyachisi Markos Roxo tez orada premer-liganing boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan futbolchini yanvarda “Sheffild Yunayted”ga sotib yubormoqchi.

Avvallari boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan Roxo keyingi uch mavsum davomida atigi 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Roxoning manchesterliklar bilan shartnomasi yozda yakunlanishi bois, “Sheffild Yunayted” 30 yoshli futbolchini 6 million evro evaziga to‘liq sotib olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!