“Manchester Yunayted” g‘alati rokirovkaga qo‘l urmoqda
“Manchester Yunayted” rahbariyati Evropaning qator grandlari nishonida turgan “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torresni o‘z jamoasiga ko‘chirib kelmoqchi.
Buning uchun manchesterliklar “Vilyarreal”ga iste’dodli futbolchini berib, o‘rniga MYuda asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan Erik Bayi olishni so‘ramoqda. Albatta, inglizlar bu rokirovka uchun ma’lum miqdorda kompensatsiya ham to‘laydi.
Ayni paytda Torresning transferi 60 million funtga baholagan. Erik Bayini olmoqchi bo‘lgan jamoalar esa 15 million funt evaziga bu transferni hal qilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, 26 yoshli Bayi 2014-2016 yillar davomida “Vilyarreal” tarkibida to‘p surgan.



Fikrlar