
"Manchester Yunayted" himoyachisi faoliyatini London klubida davom ettiradi
"Manchester Yunayted" bir qancha transferlarni amalga oshirishdan tashqari ayrim futbolchilar bilan xayrlashmoqda. Klubni Aaron Uan-Bissaka tark etmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Vest Xem" angliyalik fulbekni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Ushbu transfer uchun "bolg‘achilar" manchesterliklarga 15 million evro to‘laydi. Aaron yakshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda
2019 yili 55 million evro evaziga "Kristal Pelas"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan himoyachi keyingi yillarda o‘zini oqlamagan xarid sifatida ko‘rildi. U yakuniga etgan mavsum jamoasi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar