“Manchester Yunayted” hujumchisi “Lion”ga o‘tishi mumkin
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Antoni Marsiyal yozgi transferlar mavsumida mankunianliklar safini tark etib, faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.
France Football nashrining yozishicha, 21 yoshli futbolchiga “Lion” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Frantsuz klubi rahbariyati Marsiyalni bir yilga ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Antoni “Lion” safida Aleksandr Lyakazett o‘rnini egallashi kutilmoqda. Sababi ushbu futbolchiga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda.



Fikrlar