
"Manchester Yunayted" hujumchisi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal APL doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Angliya matbuoti xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining mushaklari shikastlangan. Ayni shu sabab futbolchi "Aston Villa"ga qarshi o‘yinning 82 daqiqasida maydonni tark etgandi. Uning qachon maydonga qaytishi noma’lumligicha qolmoqda.
Marsyaldan tashqari "Tottenxem" bilan o‘yinni Pol Pogba, Erik Bayi, Timoti Fosu Mensa va Diogu Dalot ham o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar